Karlsen Abdusattorovga yana yutqazib qo‘ydi

Sport

image

O‘zbekistonlik shaxmatchi Nodirbek Abdusattorov “Norway Chess-2023” so‘nggi turida norvegiyalik Magnus Karlsenni mag‘lub etdi. Bu haqda “Chess” nashri xabar berdi.

Norvegiyaning Stavanger shahrida 29 maydan 9 iyunga qadar bo‘lib o‘tgan shaxmat bo‘yicha “Norway Chess-2023” superturnirining so‘nggi turida Abdusattorov norvegiyalik grossmeyster Magnus Karlsenga qarshi dona surdi.

Asosiy vaqtda durang natija qayd etilgan bo‘lsa, armagedonda g‘alaba o‘zbekistonlik shaxmatchiga nasib qildi. Umumiy 9-tur yakuniga ko‘ra, Abdusattorov 9 ochko jamg‘arib, musobaqani 9-o‘rin bilan yakunladi.

Mazkur musobaqada g‘oliblik AQSH vakili Hikaru Nakamuraga, ikkinchi o‘rin yana bir amerikalik shaxmatchi Fabiano Karuanaga nasib qildi. Hindistonlik Gukesh Dommaraju esa Norvegiyadan uchinchi o‘rin bilan qaytadigan bo‘ldi. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Nodirbek Abdusattorov Norvegiyada o‘tkazilgan shaxmat bo‘yicha mukofot jamg‘armasi 225 ming dollarlik turnirning blits yo‘nalishida g‘olib bo‘lgani haqida xabar berilgandi.

Muhsinjon Umurzoqov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Nodirbek Abdusattorov Magnus Karlsen

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing