Charlz III qachon Britaniya qiroli deb e’lon qilinishi ochiqlandi

Olam

qalampir-post-new-shablon-v-2 copy-Recovered

Charlz III ertaga, 10 sentyabr kuni rasman Buyuk Britaniyaning yangi qiroli deb e’lon qilinadi. Bu haqda “The Times” nashri yozmoqda.

Maqolada aytilishicha, 9 sentyabr kuni yangi qirol va konsort-qirolicha Kamilla bir kun avval 96 yoshida Yelizaveta II vafot etgan Shotlandiyaning Balmoral qal’asidan qaytadi. Hali rasman e’lon qilinmagani va taxtga o‘tirish marosimigacha bir necha oy o‘tishiga qaramay, Yelizaveta II ning o‘g‘li Charlz onasi vafot etishi bilan qirol va davlat rahbari bo‘ldi.

Qirol bugun tushdan keyin Bosh vazir Liz Trass bilan birinchi qabulini o‘tkazishi kutilmoqda. Charlz III graf-marshal, tantanalar bosh ustasi va Buyuk Britaniya Geraldiklar palatasi raisi, Norfolkning 18-gersogi Edvard Fitsalan-Xovard bilan uchrashadi. U 2002 yildan buyon bu irsiy lavozimni egallab keladi va yaqinlashib kelayotgan dafn marosimini tashkil etishga mas’uldir. Ularning sanasi hozircha ma’lum emas, balki mazkur uchrashuvda aniqlanishi mumkin.

Bugun, 9 sentyabr kuni soat 18:00 (Toshkent vaqti bilan 22:00) atrofida Charlz III ning yozib olingan televizion nutqi efirga chiqishi kerak. Bu uning yangi maqomdagi birinchi nutqi bo‘ladi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

446

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing