Karimov davrining 17 yillik mahbusi yozgan kitob nashrdan chiqdi

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

Toshkentda Mamadali Mahmudov (taxallusi Evril Turon) ning birdaniga ikki kitobi – “O‘lmas qoyalar” va “Oynur” romanlarini chop etildi. Asarlar “Akademnashr” va “Firdavs – shoh” nashriyotlari tomonidan nashr etilgan.

Kitobning birinchi qismi 1981 yilda “Sharq yulduzi” jurnalida chop etilganida ta’qib qilingan. Adib Moskvadan kelgan KGB xodimi tomonidan so‘roq qilingani, lekin O‘zbekistonning o‘sha paytdagi rahbari Sharof Rashidov uni qamoqdan asrab qolgani haqida yozgan edi. Roman 1991 yilga kelibgina kitob shaklida dunyoga keldi.

Lekin 2018 yilda Yozuvchilar uyushmasi a’zoligiga qabul qilingunga qadar adibning barcha asarlari qatori “O‘lmas qoyalar” ham norasmiy taqiqda qolgan.

Kitob fransuz va ingliz tillariga tarjima qilinib, 2008 yilda Fransiyada, 2015 yilda Britaniyada chop etilgan.

Mamadali Mahmudov umrining 17 yilini qamoqda o‘tkazgan. Yozuvchi 2017 yilning aprel oyida ozodlikka chiqarilgan. 2018 yilning noyabr oyida O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zoligiga qayta tiklangandi. U Cho‘lpon va xalqaro Xilman mukofotlari laureati bo‘lgan.

Evril Turon taxallusi bilan ijod qilgan yozuvchi 2020 yilda 79 yoshida vafot etdi. 


Maqola muallifi

Teglar

Evril Turon

Baholaganlar

1574

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing