Karimov davrida eng uzoq hibsda o‘tirgan yozuvchi vafot etdi
Jamiyat
−
16 Oktabr 2020
32836O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi va “Ijod” jamoat fondi jamoasi O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, yozuvchi Evril Turon – Mamadali Mahmudov vafot etdi. Bu haqda Yozuvchilar uyushmasi xabar berdi.
U Jizzax viloyati, Forish tumanida tug‘ilgan.
80 yoshni qarshilagan Evril Turon – Mamadali Mahmudovning vafoti sabablari ma’lum emas.
Mamadali Mahmudov umrining 17 yilini qamoqda o‘tkazgan. Yozuvchi 2017 yilning aprel oyida ozodlikka chiqarilgan. 2018 yilning noyabr oyida O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zoligiga qayta tiklangandi.
Mamadali Mahmudovning asarlari Rossiya, Ukraina, Turkiya, Germaniya, AQSH, Fransiya, Angliya va boshqa mamlakatlarda chop etilgan va nashr qilinmoqda. Mamadali Mahmudov Cho‘lpon va xalqaro Xilman mukofotlari laureati bo‘lgan.
LiveBarchasi
Medvedev Xitoyga bordi.
10:15