Karim Benzema Messining so‘zlariga javob qaytardi

Sport

image

Ispaniyaning “Real Madrid” klubi hujumchisi Karim Benzema PSJ hujumchisi Lionel Messining unga nisbatan aytgan maqtovlaridan mamnun ekanligini aytdi.  Bu haqda Benzemaning so‘zlariga tayanib “TyC Sports” nashri xabar berdi.

“Men Messining so‘zlarini eshitdim va ular meni xursand qildi. Bunday maqtovlarning Messidek futbolchidan chiqqani ajoyib. Bu meni rag‘batlantiradi”, degan “Real”ning fransiyalik hujumchisi.

Avvalroq, argentinalik 34 yoshli futbolchi Karim Benzemaning o‘yinini yuqori baholab, u mavsum oxirida “Oltin to‘p”ni olishga 100 foiz haqli ekanligini aytgan.

Shuningdek, Lionel Messi Fransiya matbuoti tomonidan ayovsiz tanqidlarga duchor bo‘lganda, Karim Benzema Messining yonini olib, Leoni tanqid qilayotganlarni futbolni tushunmaslikda ayblagan edi.

Ma’lumot o‘rnida, 2021-2022 yilgi mavsumda Karim Benzema "Real Madrid" bilan Ispaniya Primerasi, Chempionlar Ligasi va Ispaniya Superkubogini qo‘lga kiritdi. Fransiyalik hujumchi Ispaniya chempionatida 27 ta, Chempionlar ligasida esa 15 bor raqiblari darvozasini ishg‘ol qilib, ushbu musobaqalarning eng yaxshi to‘purar hujumchisiga aylandi. 2021-2022 yilgi mavsumda 34 yoshli fransiyalik hujumchi “Real” safida barcha musobaqalar doirasida 46 ta o‘yinda maydonga tushib, 44 ta gol urgan va 15 ta golli uzatmani amalga oshirgan.

 

Ma’ruf Abdumalikov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

51

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing