Karantindan keyin Toshkentda ishsiz yoshlar 3 baravar ko‘payishi prognoz qilindi
Jamiyat
−
18 aprel 2020
10211Toshkent shahrida karantin sabab, bu muddat o‘tganidan so‘ng ishsiz yoshlar soni 3 barobarga ko‘payishi prognoz qilinmoqda. Bu haqda Poytaxt hokimligida hokimning yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari majmuasi yig‘ilishida ma’lum qilindi.
Qayd etilishicha, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 5 ta muhim tashabbusi ijrosini ta’minlash va shu orqali iste’dodli, izlanuvchan yoshlarni rag‘batlantirish maqsadida yaqin orada onlayn tanlovlar platformasi ham ishga tushiriladi.
Shu sabab hozirda shahar va tuman hokimliklari mutasaddilari boshqa qator sohalar rahabarlari bilan birgalikda ularni IT yo‘nalishidagi tadbirkorlikka jalb etish, ko‘nikmalarini rivojlantirish, sektorlar bilan yuzaga keluvchi muammolar yechimi ustida ishlayotganliklari ham aytib o‘tilgan.
Bundan tashqari, barcha maktabgacha ta’lim tashkilotlari, umumiy o‘rta ta’lim muassalari, sport va musiqa maktablarida takroriy, ya’ni ikkinchi marotaba dezinfeksiya tadbirlarini o‘tkazish va to‘liq tugatish bilan bog‘liq tashkiliy masalalar ko‘rib chiqilib, mutasaddilarga tegishli topshiriqlar berilgan.
Ma’lumki, karantin davrida ta’lim jarayonida uzilish bo‘lmasligi uchun barcha ta’lim muassasalarining pedagoglari o‘quvchilarni onlayn o‘qitmoqda.
Shuningdek, darslar televideniyening 3 ta kanali orqali muntazam berib borilmoqda va bunga Toshkent shahridan 188 nafar o‘qituvchilar, 50 nafar sportchilar, 100 nafar maktabgacha ta’lim muassasalari pedagoglari jalb etilgan bo‘lib, yig‘ilishda ular Toshkent shahar hokimiyati tomonidan rag‘batlantirilishi ma’lum qilindi.
Shu bilan birga karantin tugashi bilan poytaxtdagi bog‘cha yoshidagi bolalarni maktabgacha ta’lim bilan to‘liq qamrab olishni 93 foizdan 100 foizga ko‘tarish hamda 6 yoshli bolalarni (100 foiz) maktabga tayyorlash tizimini joriy qilish masalasi ham muhokama qilingan.
LiveBarchasi