Karantin zonasida qolayotgan ayol farzandli bo‘ldi!
Jamiyat
−
13 aprel 2020 7356 1 daqiqa
Bugun, 13 aprel kuni Chirchiq shahridagi maxsus karantin zonasida bo‘lib turgan ayol farzandli bo‘ldi. Bu haqda Chirchiq shahar hokimligining axborot xizmati xabar berdi.
Ta’kidlanishicha, 2002 yilda tug‘ilgan Do‘styorova Sevara 27 mart kuni Qozog‘iston Respublikasidan avtobus orqali oila a’zolari bilan kelganligi sababli karantinga olingan. Bugun, 13 aprel kuni esa o‘g‘il farzandli bo‘lgan.
"Ayol homiladorligi tufayli 12 aprel kuni soat 22:00 lar atrofida Tez yordam mashinasida Toshkent viloyati Perinatal markaziga joylashtirilgan. Ertasiga soat 10:00 lar atrofida o‘g‘il farzandni dunyoga keltirgan" deyiladi xabarda.
Ma’lum qilinishicha, hozirda ona va bolaning sog‘lig‘i yaxshi, vaziyat malakali shifokorlar nazoratida. Shu munosabat bilan, QALAMPIR.UZ nashri ona va yangi chaqaloqqa uzoq umr, sihat-salomatlik tilaydi.
Live
Barchasi