Karantin yumshatilsa, kasallarning oshishi mumkin bo‘lgan vaziyatga sog‘liqni saqlash tizimimiz tayyor – Habibulla Oqilov
Jamiyat
−
03 avgust 2020
15712Sanoqli kunlardan so‘ng O‘zbekistonda uzaytirilgan qat’iy karantin talablari yumshatilishi mumkin. Agarda karantin talablari yumshatilsa, virus yuqtirganlar soni yana ortib borishi ehtimoli yo‘q emas. Bu vaziyatga Sog‘liqni saqlash tizimi nechog‘liq tayyor?
Koronavirusga qarshi kurashish bo‘yicha maxsus shtab a’zosi Habibullo Oqilov “O‘zbekiston 24” telekanalidagi chiqishida Sog‘liqni saqlash vazirligi vaziyatning bunday rivojlanishiga tayyor ekanligini ma’lum qildi.
“Ikki-uch hafta oldin xalqimizni ogohlikka chaqirib, vahimaga o‘zimiz dav’at qilgan bo‘lsak, hozirgi kunda hech qanaqa safsata va vahimaga o‘rin yo‘q. Vaziyat jilovlangan, shifokorlarimiz tayyor, kerakli asbob-uskunalarimiz bor. Zaxiralar, koyka-o‘rinlar bor. Karantin choralari yana yumshatiladigan bo‘lsa, kasallar sonining ortishi mumkin bo‘lgan vaziyatga ham hozirda sog‘liqni saqlash tizimimiz va mahalliy hokimiyatlarimiz tayyor”, deydi professor Oqilov.
Shtab a’zosi Oqilovning ta’kidlashicha, moslashtirilgan klinikalar barchasi bo‘shaganidan keyin dezinfeksiyadan o‘tib, o‘zining asosiy faoliyatiga qaytadi va bu yo‘nalishdagi yetishmovchiliklar ham bartaraf etiladi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistondagi qat’iy karantin muddati 15 avgust kunigacha davom etadi. Muhlat tugaganidan keyin karantin choralari bo‘yicha Respublika maxsus komissiyasining yangi qarori qabul qilinadi.
LiveBarchasi