Karantin: Toshkentga kirib-chiqishga kimlarga ruxsat berilishi haqida aniq ma’lumot berildi

Jamiyat

image
0:00
0:00
download
Rasman: O‘zbekistonda karantin cheklovlari kuchaytirildi north_east

Rasman: O‘zbekistonda karantin cheklovlari kuchaytirildi

Toshkentga kirishga qo‘yilgan taqiq bekor qilindimi? IIV izoh berdi north_east

Toshkentga kirishga qo‘yilgan taqiq bekor qilindimi? IIV izoh berdi

Avval xabar berganimizdek, bugun, 28 iyundan e’tiboran O‘zbekistonga koronavirusning kirib kelishi va tarqalishining oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini tayyorlash bo‘yicha respublika maxsus komissiyasining qarori bilan joriy yilning 28 iyunidan 12 iyuliga qadar Toshkent shahriga qo‘shni viloyatlardan avtotransport (avtobus, avtomobil) vositalari orqali o‘ta zarurat bo‘lmagan hollarda kirish bo‘yicha cheklovlar o‘rnatildi. Ayni vaqtda Toshkentga kirish-chiqish uchun barcha blok postlar yopilgan.

Bugun karantin cheklovlariga qisman qaytilayotgani munosabati bilan odamlarda, ayniqsa, haydovchilarda ko‘plab savollar tug‘ilmoqda. Ushbu savollarga javob olish maqsadida QALAMPIR.UZ Toshkent shahar Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi Matbuot kotibi Qahramon Xudoyberganov bilan muloqot qildi.

Ro‘zimurod Berdiyev, muxbir: — Kimlar Toshkent shahriga kiritiladi-yu, kimlar kiritilmaydi?

Qaxramon Xudoyberganov, YHXB Matbuot kotibi: — Maxsus komissiya qarori bilan 20 yaqin blok postlarning barchasi nazorat ostiga olingan. Poytaxtga kirayotgan barcha transport vositalariga faqat bugun tushuntirish ishlari olib borilyapti. Bundan tashqari, mahallalarda, bozorlarda, aholi ko‘p to‘planadigan joylarda ovoz kuchaytirgich yordamida targ‘ibot-tashviqot ishlarini olib boryapmiz. 

Respublikasi maxsus komissiyasi qarorida belgilanganidek, oziq-ovqat mahsulotlari, poliz mahsulotlari, dori-darmonlarni ortgan yuk mashinalari, sog‘likni saqlash xodimlari, turistlar, shuningdek, Toshkent shahrida ishlovchilar ish joyidan tegishli xujjat bo‘lgandagina kiritiladi. 

R.B.: — Toshkent shahriga kirib-chiquvchilar uchun qanday talablar mavjud? 

Q.X.: — Biz faqatgina Toshkent shahri aholisi va mehmonlariga targ‘ibot-tashviqot, tushuntirish ishlarini olib boryapmiz. Bular niqob taqish, karantin qoidalariga rioya qilish va zarurat bo‘lmaganda, Toshkent shahriga kirmaslik. Viloyatlardan kelayotgan fuqarolar sog‘lig‘i bilan muammo bo‘lgandagina Toshkent shahriga kiritiladi. 

R.B.: — Qoidalar o‘zgarishi mumkinmi? Yanada jiddiy cheklovlar bo‘lishi kutilyaptimi?

Q.X.: — Har soniyada har xil vaziyat kuzatilmoqda, shuning uchun agar o‘zgarish bo‘lsa, qo‘shimcha ma’lumot berib boramiz. 

R.B.: — Toshkent shahrida bo‘lib turgan viloyatliklar Toshkentdan chiqib ketishlari mumkinmi?

Q.X.: — Albatta, Toshkent shahrida bo‘lib turgan viloyatliklar chiqib ketishlari mumkin. Biz hozir asosiy e’tiborimizni faqat Toshkent shahriga kirishga qaratganmiz. 

R.B.: — Mazkur kuchaytirilgan karantin qoidalari viloyatlarda qanday amalga oshiriladi? Bir voloyatdan boshqa viloyatga o‘tishi mumkinmi?

Q.X.: — Bir viloyatdan boshqa viloyatga o‘tishda ham fuqarolarga tushuntirish ishlari olib boriladi. Mavjud bo‘lgan blok postlar xizmat to‘liq nazoratga olinadi.

Respublikasi Maxsus komissiyasining qaroriga ko‘ra, Toshkentga kirish-chiqishga qo‘yilgan cheklov quyidagi holatlarga tatbiq etilmaydi:

  • Toshkent shahrida doimiy yashovchi (ro‘yxatdan o‘tgan) shaxslarga;
  • Toshkent shahrida doimiy yashovchi (ro‘yxatdan o‘tgan) chet el fuqarolariga;
  • davolanish uchun tashrif buyurayotgan shaxslarga;
  • Toshkent shahrida doimiy faoliyat ko‘rsatuvchi hududlardan keluvchi shaxslarga (ish joyi to‘g‘risida tasdiqlovchi hujjat bo‘lgan taqdirda);
  • Toshkent xalqaro aeroporti orqali xorijiy mamlakatga uchib ketuvchi shaxslarga (aviachipta bo‘lgan taqdirda);
  • O‘zbekiston Respublikasiga turist bo‘lib kelgan chet el fuqarolariga va ularni olib kelayotgan avtotransport vositasining haydovchisi hamda agar guruhli jamoa bo‘lsa, tarjimon yoki turistik firma vakiliga;
  • barcha turdagi yuk tashish, shuningdek, qurilish materiallari (qum, shag‘al va boshqalar) bilan bog‘liq hollarga, yetishtirilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini har qanday avtotransport vositalarida hamda “O‘zbekiston pochtasi” AJning pochta jo‘natmalarini tashish bilan bog‘liq hollarga;
  • sog‘liqni saqlash tizimi va sanitariya-epidemiologiya xizmati xodimlariga.

Diyora Abdurahmonova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

488

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing