Karantin rejimiga qarshi bo‘lgan odam koronavirusdan vafot etdi

Olam

image

AQSHning Ogayo shtatida yashovchi Jon Makdaniyel koronavirusdan vafot etdi. U bundan oldin shtat gubernatorining karantin va o‘zini izolyatsiya qilish rejimiga qarshi chiqqan edi.

Ta’kidlanishicha, u gubernatorni boshqalarni hayotiga aralashishda ayblagan. Kim koronavirusga chalinishdan qo‘rqsa uyda o‘tirishi kerak deya ta’kidlagan edi Makdaniyel.

“Gubernator Deuayn barcha bar va restoranlarni yopish to‘g‘risida buyruq berdi, bu mutlaqo ahmoqlik. Uning haqqi yo‘q bunday qilishga. Agar paranoid odamlar kasallik yuqtirishdan qo‘rqsalar, ularni uyda o‘tirishlariga ruxsat bering. Lekin, o‘z hayotlarini yashayotganlarga aralashmaslik kerak. Bu tentaklikni to‘xtashi kerak“, degan edi marhum.

Makdaniyel oilasi hamshiralarga va shifoxonaning barcha xodimlariga Jonni hayotini koronavirusdan saqlash maqsadida qilgan barcha harakatlari uchun chin yurakdan minnatdorchilik bildiradi. Ular barchaga xavfsiz bo‘lish uchun ijtimoiy masofani saqlash zarurligini eslatib qo‘yishni istadilar.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, AQSHda koronavirus bilan bog‘liq 825 306 ta holat aniqlangan. Kasallanganlarning 75 673 nafari sog‘aygan, 45 075 nafari esa vafot etgan. Mavjud bemorlar soni 704 558 kishini tashkil qilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Karantin Koronavirus AQShda

Baholaganlar

455

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing