Karantin choralarining yumshatilishi davlat byudjetiga qanday ta’sir ko‘rsatdi?

Jamiyat

image

O‘zbekistonda iyul-avgust oyi ish haqi darajasi qanday o‘zgargani ma’lum qilindi. Bu haqda Moliya vazirligi Matbuot xizmati ma’lumot berdi. 

Joriy yilning 9 oyi davomida davlat byudjeti daromadlari 94,5 trln. so‘mni tashkil etdi. Bu raqamlar o‘tgan yiliga nisbatan 15,3 trln. so‘m miqdorida ko‘p. 9 oy davomida jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i bo‘yicha tushumlar 11,0 trln. so‘mni tashkil etib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 1,5 trln. so‘mga ko‘paygan.

“Karantin choralarining yumshatilishi sababli xususiy sektorda iqtisodiy faollikning oshishi jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i bo‘yicha tushum dinamikasiga ijobiy ta’sir ko‘rsatdi. Chunonchi, joriy yilning II choragiga nisbatan III chorakda jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i bo‘yicha tushumi 54 mlrd. so‘mga oshdi”, deyiladi xabarda.

Moliya vazirligi 2020 yil iyul-avgust oylarida ish haqi darajasining dinamikasi qanday bo‘lganini quyidagicha ma’lum qiladi.

2020 yil iyul oyi:

-  ish haqi miqdori 1 mln. so‘mgacha bo‘lgan soliq to‘lovchilar soni 1 989 023 nafar;
-  1 mln. so‘mdan 2 mln. so‘mgacha bo‘lgan soliq to‘lovchilar soni 1 015 554 nafar; 
-  2 mln. so‘mdan 4 mln. so‘mgacha bo‘lgan soliq to‘lovchilar soni 669 834 nafar;
-  4 mln. so‘mdan 5,5 mln. so‘mgacha bo‘lgan soliq to‘lovchilar soni 189 027 nafar;
-  5,5 mln.so‘m va undan yuqori bo‘lgan soliq to‘lovchilar soni 257 382 nafarga teng bo‘ldi.

2020 yil avgust oyi:

-  ish haqi miqdori 1 mln. so‘mgacha bo‘lgan soliq to‘lovchilar soni 1 772 027 nafar;
-  1 mln. so‘mdan 2 mln. so‘mgacha bo‘lgan soliq to‘lovchilar soni 1 076 168 nafar;
-  2 mln. so‘mdan 4 mln. so‘mgacha bo‘lgan soliq to‘lovchilar soni 849 757 nafar;
-  4 mln. so‘mdan 5,5 mln. so‘mgacha bo‘lgan soliq to‘lovchilar soni 190 261 nafar;
-  5,5 mln.so‘m va undan yuqori bo‘lgan soliq to‘lovchilar soni 249 233 nafarni tashkil etdi.

Dinara Yusupova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Karantin

Baholaganlar

76

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing