Karantin hududidan qochgan 18 yashar yigitga nisbatan jinoiy ish ochildi

Jamiyat

image

Joriy yilning 7 aprel kuni Qirg‘iziston Respublikasidan O‘zbekiston Respublikasiga kelgan fuqaro X.S. (2002 y.t.) Farg‘ona shahar, Muruvvat ko‘chasida tashkil etilgan karantin hududiga tibbiy ko‘rikdan o‘tish uchun yotqizilgan. Birok, u epidemiyaga qarshi kurash qoidalarini buzib, karantin hududidan noma’lum tomonga qochib yashiringan. 

Bosh prokuratura Matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, olib borilgan tezkor qidiruv tadbirlari natijasida, fuqaro X.S. Farg‘ona shahar, Muborak ko‘chasida joylashgan uyda yashiringanligi aniqlanib, karantin hududiga qaytarilgan. 

Mazkur holat yuzasidan bugun, 9 aprel kuni JKning 257-1-moddasi (Sanitariyaga oid qonun hujjatlarini yoki epidemiyaga qarshi kurash qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Tergov harakatlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Karantin

Baholaganlar

244

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing