Kapurlar sulolasining taniqli vakili vafot etdi

Madaniyat-san’at

image

Taniqli hind aktyori va rejissyori, Raj Kapurning kenja o‘g‘li Rajiv Kapur 58 yoshida vafot etdi. “The Times of India” veb-saytida yozilishicha, o‘limga yurak xuruji sabab bo‘lgan.

Oilada Chimpu deb atalgan Rajiv Kapur mashhur hind kinematikasi Kapurlar sulolasidan chiqqan. U afsonaviy aktyor va rejissyor Raj Kapurning o‘g‘li, Bollivud yulduzlari Rishi Kapur va Randhir Kapurning ukasidir. Uning amakilari ham Bollivud kinosi yulduzlari Shammi va Shashi Kapur edi.

Chimpu avvaliga otasining filmlarida rol o‘ynay boshlagan. Rajiv Kapur tomoshabinlarga “Osmon” (“Aasmaan”, 1984), “Zabardast” (“Qudratli”, 1985) va boshqa filmlardan yaxshi tanish. Rejissyor va prodyuser sifatida u shuningdek bir nechta filmlarni suratga oldi.

So‘nggi yillarda Rajiv kinodagi faoliyatini yakunlagandi. Ammo taniqli rejissyor Ashutosh Govarikerning “Tulsidas Junior” filmidagi roli bilan katta ekranga qaytishni niyat qilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

649

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing