Kappadokiyada qoya öpirildi. Ikki kişi halok böldi

Olam

−

image

Bugun, 29 oktyabr kuni Turkiyaning Kappadokiya mintaqasidagi Göreme oçiq osmon ostidagi muzeyi kiriş qismida qoya öpirilib tuşdi. Hodisa oqibatida ikki kişi halok böldi. Bu haqda mahalliy hokimiyat organlariga tayanib, “Hürriyet” xabar berdi.  

Nevşehir provinsiyasi gubernatori Huseyn Kökning sözlariga köra, “parilar mörisi” nomi bilan tanilgan qoya tuzilmasining öpirilişi oqibatida ikki kişi halok bölgan, yana bir kişi jarohat olgan.

“Yer köçişi va qoya toşlarining qulaşi oqibatida ikki kişining jasadini topdik. Jarohat olgan bir kişi şifoxonaga yetkazildi, unga tibbiy yordam körsatilmoqda. Hodisa joyida qidiruv-qutqaruv işlari davom etmoqda”, deydi gubernator.

“Yeni Şafak” gazetining xabar berişiça, voqea joyiga Turkiya Ofatlar va favqulodda vaziyatlar boşqarmasi (AFAD), Milliy tibbiy qutqaruv xizmati (UMKE), jandarmeriya, politsiya, şifokorlar va qutqaruvçilar bölinmalari yuborilgan.

Eslatib ötamiz, avvalroq Turkiyaning Antaliya viloyati Kepez tumanida yuz bergan tornado oqibatida 5 nafar işçi halok bölgani, yana bir kişi jarohatlangani haqida xabar berilgan edi. Tabiiy ofat quriliş maydonidagi işçilar yaşaydigan ikkita konteynerni parçalab, katta zarar yetkazgan.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar