Kanselu faoliyatini La Ligada davom ettirishga yaqin turibdi

Sport

image

Ispaniyaning “Barselona” klubi Angliyaning “Manchester Siti” klubidan portugaliyalik futbolchi Joau Kanseluni o‘z safiga qo‘shib olish uchun jiddiy harakat qilmoqda. Bu haqda futbol jurnalisti Fabritsio Romano o‘z X sahifasida ma’lum qildi.

Manbaga ko‘ra, La Liganing amaldagi chempioni Joau Kanseluni ijaraga olish borasida “Manchester Siti” bilan kelishuvga yaqin. Shu hafta oxirida muzokaralarning yangi bosqichi bo‘lib o‘tadi.

Shuningdek, shartnomaga ko‘ra, 29 yoshli himoyachini ijara muddati tugaganidan so‘ng, “Barselona” uni sotib olish imkoniyatiga ega bo‘ladi, biroq bu majburiy emasligi qayd etilgan.

Kanselu o‘tgan mavsumning ikkinchi qismini “Bavariya”da ijara asosida o‘tkazdi va u Bundesliganing 15 o‘yinida 1 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Qayd etish joiz, Joau bir mavsumda Angliya va Germaniya chempioniga aylandi. “Transfermarkt” futbolchining narxini 50 million yevroga baholamoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Barselona Manchester Siti Joau Kanselu

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing