Kann kinofestivali qoldirildi

Madaniyat-san’at

image

Kann kinofestivali 2021 yilning bahoridan yoziga qoldirildi. Tashkilotchilarning aytishicha, festival 6-17 iyul kunlari bo‘lib o‘tadi. Dastlab festival bo‘lib o‘tadigan sana avvalgi yillarda bo‘lgani kabi 11-22 may kunlari o‘tishi rejalashtirilgan edi.

“O‘tgan yilning kuzida xabar berganimizdek, Kann kinofestivali dunyodagi sanitariya holatiga qarab, uning o‘tkazilish sanasini o‘zgartirish mumkinligini istisno qilmadi. Shunday qilib, endi Kann 6 dan 17 iyulgacha bo‘lgan muddatda o‘tkazilish ko‘zda tutilgan”, deyiladi bayonotda.

2020 yilda pandemiya sababli mashhur festival bekor qilindi; namoyish etilishi rejalashtirilgan ba’zi filmlar boshqa festivallarda qo‘yib berildi va kinoteatrlarda tematik namoyishlar bo‘lib o‘tdi. 2020 yilda koronavirusga qarshi choralarga qat’iy rioya qilgan holda Berlin va Venetsiyada kinofestivallar o‘tkazildi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

30

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing