Kanadaning Olimpiadadagi ilk xokkey o‘yini virus sabab qoldirildi
Sport
−
11:36 442 1 daqiqa
2026 yilgi Olimpiya o‘yinlari doirasidagi Finlyandiya va Kanada ayollar terma jamoalari o‘rtasidagi xokkey uchrashuvi virus sabab qoldirildi. Bu haqda musobaqaning rasmiy veb-sayti xabar berdi.
“O‘yinni kechiktirish to‘g‘risidagi qaror jamoaviy ravishda hamda belgilangan sog‘liqni saqlash va xavfsizlik qoidalariga muvofiq qabul qilindi. O‘yinchilar, jamoa xodimlari, rasmiylar va barcha turnir ishtirokchilarining salomatligi eng ustuvor vazifa hisoblanadi”, deyiladi rasmiy bayonotda.
Bayonotda qayd etilishicha, barcha tomonlar o‘yin qoldirilganidan afsusda bo‘lsa-da, bu qaror Olimpiya o‘yinlari ruhiga hamda musobaqa yaxlitligini saqlash tamoyillariga mos ravishda mas’uliyat bilan qabul qilingan.
Mazkur bahs “A” guruhi dastlabki bosqichi doirasida o‘tkazilishi rejalashtirilgan edi.
Biroq, tibbiyot mutaxassislari bilan o‘tkazilgan maslahatlashuvlardan so‘ng o‘yinni kechiktirishga qaror qilindi. Ma’lum bo‘lishicha, Finlyandiya terma jamoasida norovirus (ichak yoki oshqozon grippi) holati aniqlangan. Shu sabab bir nechta xokkeychilar mashg‘ulotlardan chetlatilib, Olimpiya shaharchasida izolyatsiyaga olingan.
Live
Barchasi