Kanadadagi 215 bolaning o‘limiga kim aybdor? Aholi namoyishga chiqdi

Olam

image

O‘tgan hafta Kanadadagi mahalliy hindu bolalari uchun mo‘ljallangan eski maktab internati hududidan 215 nafar bolaning jasadi topilgani haqida xabar bergan edik. Bu hodisadan xabar topgan Kanada jamoatchiligi o‘z e’tirozini bildirib, namoyish o‘tkazdi.

Namoyishchilar o‘z noroziligini mamlakatning bir asr oldingi Xalq ta’limi vaziri Egerton Reyerson haykalini ag‘darish bilan namoyon qildi.

Egerton Reyerson o‘tgan asrda Kanada Xalq ta’limi vaziri, davlat maktablarini loyihalashtirishda xizmat ko‘rsatgan taniqli shaxs bo‘lgan. Hindu bolalari o‘qitiladigan maktab internatlari yaratilishining asoschisi ham Reyerson edi.

1948 yilda Kanada poytaxti Torontodagi eng katta universitetlardan biriga Reyerson nomi berilib, universitet hududiga uning haykali o‘rnatilgan. Kecha, 6 iyun kuni bu haykal buzib tashlandi. Uni yiqitishda mingga yaqin odam qatnashdi. Univeritet prezidentining aytishicha, Reyerson haykali endi qayta tiklanmaydi.

Hozirda universitet professor-o‘qituvchilari va talabalari oliygoh nomini “X universiteti”ga o‘zgartirishni talab qilmoqda. 

Ma’lumot o‘rnida, bolalar qabri topilgan maktab (Kamlups) XIX va  XX asrlarda mahalliy aholini assimillyatsiya qilish maqsadida tashkil etilgan. Kanadaning bunday maktab-internatlari hukumat va diniy idoralar tomonidan boshqarilgan. O‘sha paytda bunday maktablar ko‘p bo‘lgani aytilmoqda. 1863 yildan 1998 yilgacha 150 mingdan ortiq mahalliy hindu bolalari oilalaridan olib ketilib, shunday maktablarga joylashtirilgan. Bolalarga o‘z tillarida gaplashish taqiqlangan. Ularga juda yomon muomalada bo‘lib, xo‘rlashardi. Maktab-internatlariga olib kelingan ko‘plab mahalliy bolalar hech qachon o‘z uylariga qaytmagan.

2008 yilda Kanada hukumati ushbu tizim uchun rasmiy ravishda kechirim so‘ragan. 2015 yilda e’lon qilingan “Haqiqat va yarashuv” nomli hisobotda bu siyosat “madaniy genotsid” ekani aytilgan. Bugungi kunga kelib bu turdagi maktab-internatlarida 4100 dan ziyod bola o‘qish paytida vafot etgani aniqlandi.

Mohinur Mamatova

 


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

201

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing