Kanadada tungi klub yaqinida otishma yuz berdi
Olam
−
11 Oktabr 2021 4205 1 daqiqa
Bugun, 11 oktyabr kuni Kanadaning Alberta provinsiyasidagi Kalgari shahrida berdi. Bu haqda CTV telekanali xabar berdi.
Hodisa shahardagi tungi klublardan birining yaqinida yuz bergan. Chaqiriq bo‘yicha otishma joyiga kelgan politsiya xodimlari 30 yosh atrofidagi o‘ta og‘ir ahvoldagi erkakni aniqlagan. U shifoxonaga olib borilgan va o‘sha yerda vafot etgan.
Shu bilan birga shifoxonaga o‘tochar quroldan jarohatlangan boshqa bir erkak ham murojaat qilgan. Uning hayotiga hech qanday xavf yo‘q.
Ushbu ikki erkak va otishma o‘rtasidagi aloqadorlik aniqlanyapti. Boshqa ma’lumotlar keltirilmagan.
Live
Barchasi