Kanadada 130 dan ortiq kishi is gazidan zaharlandi
Olam
−
09 aprel 2023
5699Kanadaning Monreal shahrida 130 dan ortiq kishi is gazidan zaharlandi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligiga tayanib, CBC telekanali xabar berdi.
Aniqlanishicha, shahar aholisi mintaqadagi muz bo‘ronidan so‘ng elektr ta’minoti tiklanishini kutib, uglerod oksididan zaharlangan. Ularning barchasi shifoxonaga yotqizilgan.
Vazirlikka ko‘ra, odamlar yashash joylarida ko‘mir va gazli mangallar yordamida isinish va ovqat pishirishga harakat qilgan.
Ma’lumot uchun, Kanadaning janubiy qismlarida sodir bo‘lgan muz bo‘roni oqibatida bir millionga yaqin xonadon elektr energiyasisiz qolgan. Bir kundan keyin ko‘pchilik odamlarga elektr energiyasi qaytgan, biroq Monrealning minglab aholisi hali ham elektrsiz qolmoqda.
LiveBarchasi