Kanada Rossiyaning $123 mlnlik aktivlarini muzlatib qo‘ydi
Olam
−
10 iyun 2022
2147Kanada politsiyasi 5 oy ichida 123,031 million dollarlik Rossiya aktivlarini muzlatib qo‘ydi. Bu haqda kecha, 9 iyun kuni Kanada Qirollik politsiyasi ma’lum qildi.
“24 fevraldan 7 iyungacha 123 mln dollarlik Rossiya aktivlari muzlatib qo‘yildi. Shuningdek, 289 mln dollarlik bitimlar ham bloklandi”, deyiladi hujjatda.
Ottava Ukrainadagi vaziyat tufayli fevral oxiridan beri Rossiyaga qarshi iqtisodiy sanksiyalar joriy qilmoqda. Oxirgi martda Ottava sanksiyalar ostida bo‘lgan Rossiya Federatsiyasining neft-gaz va kimyo sanoati bilan bog‘liq 28 ta faoliyat ro‘yxatini e’lon qildi. Xususan, ular qurilish va turli xil transport turlari, kompyuter, buxgalteriya hisobi, konsalting, muhandislik va boshqa xizmatlar bilan bog‘liq. Kanada fuqarolari va kompaniyalariga Rossiya neft-gaz, kimyo va tog‘-kon sanoati vakillari, shu jumladan ko‘mir va metall rudalari qazib olish bilan bog‘liq har qanday ish yuritish taqiqlanganligi ta’kidlandi.
Kanada Qirollik politsiyasi xalqaro, davlat, viloyat va shahar darajasida qonuniy vakolatlarga ega bo‘lgan dunyodagi yagona huquqni muhofaza qilish organidir.
Oynisaxon Abdullayeva
LiveBarchasi