Kanada Rossiya olmoslarini olib kirishga qo‘shimcha taqiq joriy qildi

Olam

image

Kanada hukumati Rossiya olmoslarini olib kirishni taqiqlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlarni joriy etishga qaror qildi. Bu haqda Kanada Tashqi ishlar vazirligining sanksiyalar to‘g‘risidagi ro‘yxatiga asoslanib, TASS xabar berdi.

Hujjatga ko‘ra, mamlakatdagi va xorijdagi Kanada fuqarolariga, shuningdek, Kanadadagi boshqa fuqarolarga Rossiyadan kesilgan olmoslarni (sanoat bo‘lmagan olmoslar), shuningdek saralanmagan olmoslarni import qilish, sotib olish taqiqlangan.

Cheklovlar, shuningdek, rus olmoslari bo‘lgan zargarlik buyumlaridan tashqari qo‘l soatlari, cho‘ntak soatlari va boshqa soatlar, shu jumladan sekundomerlarga ham ta’sir ko‘rsatgan.

Ushbu choralar Kanadaga sayohat qilgan shaxs tomonidan olib boriladigan shaxsiy buyumlarga taalluqli emas, agar ular tijorat maqsadida bo‘lmagan, faqat shu shaxs yoki uning yaqin qarindoshlari shaxsiy foydalanishi uchun mo‘ljallangan bo‘lsa mustasnoligi aytilgan.

Sarvar Xurramov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Rossiya Kanada olmoslar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing