Kanada Rossiya bilan kelisholmayotgan Ukrainaga “spetsnaz”ini yubordi
Olam
−
18 yanvar 2022
13555Kanada maxsus topshiriqlar bo‘linmasini NATO harbiy alyansi va Rossiya o‘rtasidagi ziddiyat kuchaygan bir paytda Ukrainaga joylashtirdi. Bu haqda “Global News” nashri xabar berdi.
Xabarda ta’kidlanishicha, Kanada Ukrainaga “spetsnaz”ning kichik kontingentini Rossiyaning taxminan 100 000 harbiysi mamlakat chegarasida bo‘lgani uchun joylashtirgan. Shuningdek, bunday qadam NATO ittifoqchilarining Rossiya agressiyasini to‘xtatish va Ukraina hukumatini qo‘llab-quvvatlash yo‘llarini aniqlashga qaratilgan sa’y-harakatlarining bir qismidir.
Qayd etilishicha, maxsus kuchlarga yuklangan yana bir vazifa Ukrainadagi vaziyat keskinlashgan taqdirda kanadalik diplomatlarni evakuatsiya qilishdir.
Eslatib o‘tamiz, AQSH Rossiyaning Ukrainaga “bosqini” joriy yil yanvar-fevral oylarining o‘rtalarida boshlanishi mumkinligini ma’lum qildi.
Bunga javoban Rossiyaning Vashingtondagi elchixonasi Oq uyning Ukrainaga bosqin uyushtirish vaqti haqidagi bayonotini soxta va axborot bosimi deya atagan.
“Conflict Intelligence Team” (CIT) esa Rossiya “Iskandar” raketalar majmuasini va yana boshqa og‘ir texnikalarni g‘arbiy chegaralari tomon tashiyotganini ma’lum qildi. Unga ko‘ra, raketalar kompleksi va zirhli artilleriya ortilgan poyezdlar mamlakat Sharqiy harbiy okrugidan g‘arbga tomon harakatlangan.
LiveBarchasi