Kanada AQSH bosqiniga qarshi tayyorgarlik ko‘rdi – Mark Karni

Olam

image

Kanada oxirgi bir yil davomida AQSHning mamlakatga qarshi harbiy operatsiyasi ssenariysiga tayyorgarlik ko‘rgani ma’lum bo‘ldi. Bu haqda Kanada Bosh vaziri Mark Karni “The New York Times” gazetasiga bergan intervyusida gapirdi.

“Men shunday lavozimni egallab turganda favqulodda past ehtimolli risklarni (tail risk – yuz berish ehtimoli juda past bo‘lgan, ammo e’tiborsiz qoldirib bo‘lmaydigan xavflar – tahr.) hisobga olishga majbursiz deb hisoblayman”, deydi Karni Prezident Donald Trampning Kanadani 51-shtatga aylantirish haqidagi tahdidlarini jiddiy qabul qilasizmi, degan savolga javob berar ekan.

Karnining aytishicha, bu asosiy ssenariy emas, biroq voqealarning bunday rivojlanishiga tayyorgarlik ko‘rmaslik mas’uliyatsizlik bo‘lar edi.

Qayd etish joiz, Tramp Kanadani Amerikaning 51-shtatiga aylantirish istagi borligini bir necha bor ta’kidlagan.

“Men Kanadani yaxshi ko‘raman. Ochig‘ini aytganda, Kanada 51-shtat bo‘lishi kerak. Haqiqatan ham shunday bo‘lishi kerak, chunki Kanada butunlay Qo‘shma Shtatlarga qaram. Biz esa Kanadaga qaram emasmiz”, degan edi Oq uy rahbari o‘tgan yilning yozida.

AQSH 28 milliard dollarlik Kanada tovarlariga 50 foizlik bojlar joriy etgan, Kanada esa sentyabr boshida javob tariflarini kiritdi.

Bosh vazirning aytishicha, Ottava muhim texnologiyalar sohasida – kosmik sun’iy yo‘ldoshlardan tortib qiruvchi samolyotlargacha, shu jumladan Ilon Maskka tegishli Starlink sun’iy yo‘ldosh aloqa tizimigacha bo‘lgan yo‘nalishlarda Vashingtonga qaramlikni tizimli ravishda kamaytirmoqda. Kanada, shuningdek, Amerikaning F-35 qiruvchi samolyotlarini xarid qilishga muqobil variantlarni ko‘rib chiqmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Yevropa Komissiyasi rahbari Ursula fon der Lyayen Kanadaga birinchi assotsiatsiyalashgan a’zo bo‘lishni taklif qilgandi. Amerika Prezidenti bunga javoban blokka savdo urushining yangi bosqichi bilan tahdid soldi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing