Kanada aholisiga koronavirusga qarshi vaksina bepul tarqatiladi

Olam

image

Kanada aholisiga koronavirusga qarshi vaksina bepul taqdim etiladi. Bu haqda Kanada Bosh vaziri Jastin Tryudo ma’lum qildi. 

"Hayotni saqlab qolish vaksinalari kabi narsalar kanadaliklarga hamisha bepul beriladi", dedi u parlamentdagi nutqi davomida. 

Tryudoning ta’kidlashicha, Kanada Hukumati infeksiyaga qarshi vaksinalar yetkazib berish bo‘yicha bir qator kompaniyalar bilan shartnoma imzolagan. Jumladan, AstraZeneca, Novavax, Johnson & Johnson, Pfizer, Moderna, Sanofi i GSK (GlaxoSmithKline). 

Umuman olganda, mamlakat kelajak uchun 300 milliondan ortiq dozada vaksina tayyorlab qo‘ydi.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Kanadada 173 mingdan ortiq kishida koronavirus aniqlangan. 9,5 mingdan ko‘p kishi vafot etgan. 145,6 ming kishi sog‘ayib ketgan.

Dunyoda koronavirusga chalinganlar 36 milliondan oshgan. 1 milliondan ko‘p kishi kasallik asoratlari oqibatida vafot etgan


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

86

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing