Kanada 33 nafar rossiyalik shaxsga sanksiya kiritdi

Olam

image

Kanada Rossiya, Eron va Myanmaning jismoniy yoki yuridik shaxslarini inson huquqlarini buzganlikda ayblab, yangi sanksiyalar kiritdi. Bu haqda Kanada Tashqi ishlar vazirligi bayonotiga tayanib, “Reuters” agentligi xabar berdi.

Qayd etilishicha, Ukrainadagi urushga qarshi chiqqan rossiyaliklarga nisbatan inson huquqlarini tizimli ravishda buzishda ishtirok etgan Rossiyaning 33 nafar amaldagi yoki sobiq yuqori martabali amaldori va 6 ta tashkilotga sanksiya qo‘yilgan. 

Shuningdek, Kanada Erondagi 22 kishiga, jumladan sud va jazoni ijro etish tizimlarining yuqori martabali vakillari, huquq-tartibot idoralari va Eron davlat ommaviy axborot vositalarining ba’zi arboblari, siyosiy doiralar vakillari hamda Eron Islom Respublikasi Oliy rahbari Oyatulloh Ali Xomanaiyning maslahatchilariga nisbatan cheklov choralarini qo‘llagan.

Kanada Eron va Rossiyadan tashqari, Myanmaning 12 nafar jismoniy va harbiy ma’muriyatiga aloqador bo‘lgan va harbiy zo‘ravonliklarga “hissa qo‘shayotgan” uch yuridik shaxsga nisbatan ham sanksiyalar kiritgan.

“Biz hali ko‘p ish qilishimiz kerak, Kanada hech qachon inson huquqlarini himoya qilishdan to‘xtamaydi”, deydi Kanada Tashqi ishlar vaziri Melani Joli.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

13

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing