Kamonchilar o‘rtasida O‘zbekiston birinchiligi o‘z yakuniga yetdi

Sport

image

Toshkent shahrida kamondan otish bo‘yicha O‘zbekiston birinchiligi yakuniga yetdi. Yoshlar o‘rtasida tashkil etilgan mamlakat chempionatida O‘zbekistonning turli hududlaridan tashrif buyurgan 100 nafarga yaqin yosh merganlar ishtirok etishdi. Ishtirokchilar 70 metr masofadan nishonni poylash bo‘yicha baxslashdilar.

Natijalarga ko‘ra, yigitlar o‘rtasida Shohjahon Abdulhamidov, qizlar o‘rtasida esa Ziyodaxon Abdusattorova eng yaxshi natijani qayd etishdi. Jamoaviy yo‘nalishda farg‘onalik merganlar mikst yo‘nalishida shohsupaning eng yuqori pog‘onasiga ko‘tarilgan bo‘lsalar, yigitlar va qizlar bahsida poytaxt vakillariga teng keladigani topilmadi.

Ma’lumot uchun, kamondan otish bo‘yicha kattalar terma jamoasi 3-14 iyul kunlari Neapol shahrida bo‘lib o‘tadigan Butunjaxon talabalar universiada musobaqasida ishtirok etadi. Shuningdek, mazkur Respublika musobaqasi joriy oy Madrid mezbonlik qiladigan o‘smirlar o‘rtasidagi dunyo birinchiligi oldidan sportchilarning holatini yana bir bor sinovdan o‘tkazib olish imkoniyatini berdi.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston birinchiligi kamondan otish

Baholaganlar

4

Reyting

3.5

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar