Kamoliddin Rabbimov yo‘qolib qoldi. Uning 15 sutkaga qamalgani aytilmoqda

Jamiyat

image

Taniqli siyosatshunos, ko‘p yillar Fransiyada yashab, O‘zbekistonga qaytgan va siyosiy tahlillari bilan ko‘pchilikning e’tiboriga tushgan Kamoliddin Rabbimov yo‘qolib qoldi. 

Rabbimov kecha, 17 aprel kuni soat 15:00 atrofida uyidan chiqqancha qaytib kelmagan. U doimiy hamkorlik qilib keladigan Azon.uz sayti jamoasi u bilan so‘nggi bor kecha, 17 aprel kuni soat 18:30 da gaplashgan. Shundan keyin u bilan hech kim, yaqin qarindoshlari ham bog‘lana olmagan. 

Ijtimoiy tarmoq faollari, jamoatchilik ziyolilari orasida Kamoliddin Rabbimovning g‘oyib bo‘lgani haqidagi xabar 18 aprel kuni soat 19:00 atrofida ma’lum bo‘ldi. 

Soat 22:00 atrofida u bilan bog‘lanish imkoni paydo bo‘lgan. Jurnalist Ilyos Safarov siyosatshunos bilan telefon orqali muloqot qilgan. Uning ma’lum qilishicha, Rabbimov ayni vaqtda xalq tilida “Panelniy” nomi bilan tilga tushgan hibsxonaga joylashtirilgan. U 15 sutkaga qamalganini aytgan. 

QALAMPIR.UZ Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi bilan aloqaga chiqdi. IIBB Matbuot kotibi ayni vaqtda holatga oydinlik kiritilayotganini ma’lum qilib, Rabbimov ma’muriy javobgarlikka tortilganini qayd etdi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

887

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing