Abdulaziz Komilov Turkiyada

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasai Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Turkiya Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavusho‘g‘luning taklifiga binoan amaliy tashrif bilan Turkiyada bo‘lib turibdi. Tashrif doirasida bugun, 5 avgust kuni Anqara shahrida ikki davlat TIV rahbarlarining uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. 

Vazirlar ikki tomonlama munosabatlarning dolzarb masalalarini muhokama qildilar, tashqi siyosat idoralari rahbari raisligida bugun o‘z ishini boshlaydigan Strategik rejalashtirish guruhining birinchi yig‘ilishi kun tartibi yuzasidan fikr almashdilar. 

Uchrashuvda vazirlar Mushtarak strategik rejalashtirish guruhi yig‘ilishi va Turkiya va O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi o‘rtasida yil 2020-2021 hamkorlik dasturini imzoladilar. 

Mazkur guruhga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Turkiya Respublikasi Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an tomonidan Turkiya rahbarining 2018 yil 30-31 aprel – 1 may kunlari O‘zbekistonga amalga oshirgan tashrifi doirasida Toshkent shahrida asos solingan edi. 

Tashrif dasturiga muvofiq Abdulaziz Komilov ikki mamlakat TIV rahbarlari raisligida bo‘lib o‘tadigan Strategik rejalashtirish guruhining birinchi yig‘ilishida ishtirok etadi. Turkiya elchilarining o‘n birinchi yillik konferensiyasida nutq so‘zlaydi hamda Turkiyaning yuqori mansabdor vakillari bilan qator uchrashuv va muzokaralar o‘tkazadi.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston-Turkiya Abdulaziz Komilov Mavlud Chavusho'g'lu

Baholaganlar

11

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing