Kamyob hodisa. Quddus qorga burkandi (fotoreportaj)

Olam

image

Arabiston yarimoroli va Yaqin Sharqda kuzatilayotgan sovuq ob-havo hamda qor bo‘roni muqaddas shahar Quddusni ham chetlab o‘tmadi. 

Kecha, 27 yanvar kuni Quddusdagi Haram ash-Sharifda joylashgan Qubbat us-Sahro masjidining oltin gumbazi oppoq tusga kirdi. Bu haqda “Al-Jazeera” telekanali xabar berdi.

Qordan tozalash ishlari olib borilayotgani bois Quddus bo‘ylab markaziy ko‘chalar, tijorat do‘konlari va maktablar bir kunga yopilgan.

Muzlamalar va qor uyumlari sababli Isroil politsiyasi ham G‘arbiy G‘irg‘oqdagi tog‘larga eltuvchi trassalarda harakatni cheklagan.

Sharqiy O‘rta Yer dengizi hudularidan sovuq havo oqimi kirib kelishi ortidan Yaqin sharqda ham kuchli yomg‘irlar va kamdan-kam kuzatiladigan hodisa, qor yog‘moqda. Ohirga marta 2018 yil 7 yanvar kuni Quddus ko‘chalari 30 sm qalinlikdagi qor bilan qoplangan edi.

Ma’lumot uchun, joriy hafta boshida Istanbul va Afina ko‘chalari qalin qor bilan qoplangan edi. Istanbulda qor sabab ko‘plab reyslar qoldirildi.

Behruz Saidov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

359

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing