Kamchatkada “Shiveluch” vulqoni otila boshlandi (video)

Olam

image

Rossiyaning Kamchatka yarimorolidagi Ust-Kamchatsk qishlog‘i yaqinida joylashgan “Shiveluch” vulqonining otilishi boshlandi. Bu haqda “Euronews” xabar berdi.

Rossiya Favqulodda vaziyatlar vazirligi 15 kilometr balandlikka kul chiqishi mumkinligi haqida ogohlantirgan. Vaziyatga qizil aviatsiya xavf darajasi berilgan.

Vulqon faolligi mahalliy vaqt bilan joriy yilning 7 noyabr oqshomida qayd etilgan. Keyin “Shiveluch” 11 kilometr balandlikka bir nechta kul ustunlarini tashlagan. Ust-Kamchatsk va Krutoberegovo qishlog‘i ko‘chalarini kul qoplagan, maktablar va bolalar bog‘chalari vaqtincha yopilgan.

Ma’lumot uchun, “Shiveluch” – faol vulqon, uning yoshi 60-70 ming yil. U “Eski Shiveluch” vulqoni, qadimgi kaldera va faol “Yosh Shiveluch” vulqonidan iborat. Shiveluchdan Petropavlovsk-Kamchatskiy shahrigacha bo‘lgan masofa 440 km, Klyuchi qishlog‘igacha - 47 km, Krutoberegovo – 98 km, Ust-Kamchatsk – 87 km.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Indoneziyaning Flores orolida vulqon otilishi oqibatida odamlar halok bo‘lgandi. Levotobi Laki-Laki tog‘i hududidagi monitoring posti rasmiysi Firman Yosefga ko‘ra, u yerdagi vulqon otilishi yarim tunda boshlangan va havoga 2000 metr (6500 fut) balandlikdagi qalin jigarrang kulni sochgan va issiq kul yaqin atrofdagi qishloqqa tushgan. Oqibatda bir nechta uylar, jumladan, katolik rohibalari monastiri yongan.


Maqola muallifi

Teglar

Ust'-Kamchatsk qishlog'i Kamchatka yarimoroli Shiveluch

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar