Kambodjadagi yong‘in qurbonlari soni 26 kishiga yetdi
Olam
−
31 dekabr 2022
3949Kambodjadagi “Grand Diamond City” mehmonxonasi va kazinosida sodir bo‘lgan yong‘in oqibatida halok bo‘lganlar soni 26 kishiga yetdi. Bu haqda “Fresh News” xabar berdi.
Rasmiylarga ko‘ra, halok bo‘lganlar orasida 17 nafar Tailand fuqarosi bo‘lgan. Shuningdek, Nepal, Malayziya va Xitoy fuqarolari ham halok bo‘lgan.
Yana olti nafar qurbonning jasadi aniqlanmagan, biroq ular ham chet el fuqarolari ekanligi taxmin qilinmoqda.
Bundan tashqari, 57 kishi jarohatlangan.
Eslatib o‘tamiz, 28 dekabr kuni tunda Kambodjaning Poypet shahridagi “Grand Diamond City” mehmonxonasi va kazinosida yong‘in sodir bo‘lgandi. Dastlab yong‘inda o‘n kishi halok bo‘lib, 30 kishi shifoxonaga yotqizilgan edi.
LiveBarchasi