Kambeklar seriyasi davom etadi
Sport
−
08 may 2019 5327 1 daqiqa
Kecha, Yevropa Chempionlar ligasi yarim finalining ilk javob bahsi o‘tkazildi. Unda Angliyaning “Liverpul” jamoasi ispan grandi “Barselona”ni qabul qildi.
Ilk uchrashuvda 0:3 hisobida imkoniyatni boy berib qo‘ygan mersisaydliklar katalonlarni bu gal to‘rtta javobsiz gol bilan siyladi. Bahsda Origi va Veynaldum dubl qayd etishdi.
Yarim final, javob bahsi.
“Liverpul” – “Barselona” 4:0 (1:0, 3:0).
“Enfild” stadioni.
Gollar: 1:0 – 7 Origi, 2:0 – 54 Veynaldum, 3:0 – 56 Veynaldum, 4:0 – 79 Origi.
“Liverpul”: Alisson, Robertson (Veynaldum, 46), Matip, van Deyk, Aleksander-Arnold, Xenderson, Fabino, Shakiri, Milner, Mane, Origi (Gomes, 85).
“Barselona”: ter Stegen, Alba, Langle, Serdji Roberto, Pike, Koutino (Nelson Semedu, 60), Rakitich (Malkom, 80), Vidal (Artur, 75), Buskets, Suares, Messi.
Ogohlantirishlar: Fabino (11), Buskets (45), Rakitich (53), Matip (66), Nelson Semedu (75).
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025