Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vaziriga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi

Jamiyat

image

Alisher Akmalovich Muratov Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vaziri o‘rinbosari etib tayinlandi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

Tayinlovga qadar u 2023 yil oktyabridan Biznesni rivojlantirish bankida boshqaruv raisi birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgandi. Alisher Muratov 2020 yilning avgustidan 2023 yilning oktyabriga qadar “Qishloqqurilishbank” boshqaruv raisi bo‘lib ishlagan.

Shuningdek, Zafar Abdumajidovich Azimov vazirning birinchi o‘rinbosari etib tayinlandi. U bungacha Xalq banki boshqaruv raisining birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vaziri Behzod Musayev lavozimidan ozod etilgandi. Uning o‘rniga Botir Erkinovich Zohidov vazir etib tayinlangandi.


Maqola muallifi

Teglar

Kambag'allikni qisqartirish va bandlik vaziri o'rinbosari Alisher Muratov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar