Kamaz bilan to‘qnashgan Nexia 2 yonib ketdi

Jamiyat

image

Bugun, 16 noyabr kuni Toshkent viloyati Zangiota tumani “Erkin” mahalla fuqarolar yig‘ini hududidan o‘tgan M-39 yo‘lida Kamaz bilan to‘qnashgan Nexia 2 avtomobili yonib ketdi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Kamaz va Nexia 2 ishtirokidagi yo‘l-transport hodisasi taxminan soat 09:18 da sodir bo‘lgan. 

Qayd etilishicha, voqea joyiga tuman Favqulodda vaziyatlar bo‘limidan 2 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji soat 09:23 da yetib borib, yong‘in soat 09:25da qurshab olingan va soat 09:32 da o‘chirilgan. 

Ta’kidlash kerakki, hodisa oqibatida tan jarohati olganlar va vafot etganlar yo‘q. 

Mazkur holat yuzasidan Zangiota tumani Ichki ishlar bo‘limi, Yo‘l harakati xavfsizligi bo‘limi va Favqulodda vaziyatlar bo‘limi xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

133

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing