Kaluga viloyatida migrantlarga ayrim sohalarda ishlash taqiqlanadi
Olam
−
12 fevral 2022
5420Rossiyaning Kaluga viloyatida mehnat muhojirlariga patent bilan savdo, yo‘lovchi tashish, ishga qabul qilish agentliklari va umumiy ovqatlanish tarmoqlarida ishlash taqiqlanadi. Bu haqda viloyat gubernator Vladislav Shapsha o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida ma’lum qildi.
“Iqtisodiyotning quyidagi yo‘nalishlari: savdo, yo‘lovchi tashish, ishga qabul qilish agentliklari va umumiy ovqatlanish tarmoqlarida xorijliklarni patent asosida jalb qilishni taqiqlash cheklovini joriy etishga qaror qilindi. Ish beruvchilar bu masalani xodimlar bilan hal qilishlari uchun 3 oy vaqt beriladi”, deb yozgan viloyat rahbari.
Shuningdek, Kaluga viloyati chet eldagi vatandoshlarni Rossiyaga ko‘chirish bo‘yicha davlat dasturidan chiqishi ma’lum qilindi.
Ta’kidlanishicha, kecha, 11 fevral kuni ertalab gubernator Borovskiy tumanidagi migratsiya markaziga rejadan tashqari tashrif buyurib, rus tilini bilmaydigan, ammo tilni bilish to‘g‘risidagi sertifikatiga ega bo‘lgan migrant bilan suhbatlashdgan.
Shapshaning so‘zlariga ko‘ra, bugundan boshlab, “soxta” sertifikat taqdim etayotgan migrantlarning barcha hujjatlari migratsiya markazi tomonidan tekshirish uchun ichki ishlar organlariga yuboriladi.
LiveBarchasi