Kallas AQSH va Isroilni Eron urushini tugatishga chaqirdi

Olam

image

Yevropa Ittifoqining tashqi ishlar bo‘yicha Oliy vakili Kaya Kallas AQSH va Isroilni Eronga qarshi urushni yakunlashga chaqirdi, shuningdek, YeI Yaqin Sharq davlatlari bilan mojaroni qanday tartibga solish bo‘yicha maslahatlashuvlar o‘tkazayotganini ma’lum qildi. Bu haqda u bugun, 17 mart kuni Bryusselda “Reuters”ga bergan intervyusida so‘z ochdi.

Kallas Yevropaning Hormuz bo‘g‘ozida kema qatnovi erkinligini tiklash harakatlarida ishtirok etishi uchun eshiklar ochiq qolayotganini, biroq bunday ishtirok katta ehtimol bilan diplomatik yechimning bir qismi bo‘lishini aytgan.

“Hech kim o‘z odamlarini Hormuz bo‘g‘ozidagi olov ichiga yuborishga tayyor emas. Biz bo‘g‘ozni ochiq saqlash hamda oziq-ovqat, o‘g‘it va energetika sohalarida inqirozga yo‘l qo‘ymaslik uchun diplomatik yo‘llarni topishimiz kerak”, deydi u.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Donald Tramp NATO bo‘yicha ittifoqchilari va hamkor davlatlarga murojaat qilib, Hormuz bo‘g‘ozida kemalar qatnovi xavfsizligini ta’minlashda yordam berishga chaqirgandi. Biroq ko‘plab Yevropa davlatlari AQSH Prezidenti Donald Trampning neft, gaz va boshqa tovarlar tranziti uchun o‘ta muhim nuqta bo‘lgan bo‘g‘ozdagi Eron blokadasini yorib o‘tish missiyasida ishtirok etish haqidagi chaqiriqlarini rad etdi.

Yevropa Ittifoqi tashqi siyosiy xizmati vakili Anvar al-Anuniy YeI Hormuz bo‘g‘ozini ochish bo‘yicha Eron bilan diplomatik darajada muzokaralar olib borayotganini ma’lum qildi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Eron Isroil Kaya Kallas

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing