Kaliforniyadagi jazirama 1200 yildan beri kuzatilmagan halokatga sabab bo‘lishi mumkin 

Olam

image
0:00
0:00
download

AQSHning Kaliforniya shtatida va mamlakatning g‘arbiy qismlarida anomal issiq harorat kuzatilmoqda. Bu haqda “The Guardian” nashri ma’lumot berdi

Ma’lumotga ko‘ra, Kaliforniyaning ayrim qismlari va boshqa g‘arbiy shtatlarda hafta davomida selsiy bo‘yicha 48 darajagacha bo‘lgan anomal issiq harorat kuzatilmoqda. 

Natijada, aholining konditsionerlardan keng foydalanishi sababli elektr ta’minotida yetishmovchilikni keltirib chiqarmoqda. Kaliforniya gubernatori Gevin Nyusom elektr uzatish tarmoqlaridagi yukni kamaytirish uchun favqulodda holat e’lon qildi. Jamoatchilikdan elektr energiyasini tejash uchun kir va idish-tovoq yuvish mashinalarini ishlatmaslikni so‘ramoqda.

Olimlar jazirama natijasida yuzaga kelgan suv taqchilligi shtatda 1200 yildan beri kuzatilmagan qurg‘oqchilikdanda yomon bo‘lishini ta’kidlamoqda. Kaliforniyada oxirgi martda 2017 yilda qurg‘oqchilik sodir bo‘lgan.

Ma’lumot uchun, 2020 yilning avgust oyida Kaliforniya shtatidagi O‘lim vodiysi milliy bog‘ida kuzatuvlar boshlanganidan beri sayyoramizdagi eng yuqori harorat – selsiy bo‘yicha +54,4 daraja qayd etilgan. 

Avvalroq, Birlashgan Millatlar Tashkiloti yaqinlashib kelayotgan qurg‘oqchilik muammosi yangi pandemiyani keltirib chiqarishi to‘g‘risida barchani ogohlantirgani to‘g‘risida xabar bergan edik.

Islomjon Omonjonov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

173

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing