Quyuq tuman O‘zbekiston aeroportlari ishini chekladi

Jamiyat

image

Bugun, 3 yanvar kuni tunda Urganch va Nukus aeroportlarida kuchli tuman kuzatilgani parvozlarga ta’sir o‘tkazdi. Bu haqda “Uzbekistan Airports” AJ Matbuot xizmati ma’lum qildi.

Urganch aeroportidagi quyuq tuman tufayli “Aeroflot” aviakompaniyasining Moskvadan parvoz qilayotgan AFL1976 reysi soat 03:25 da “Sheremetevo” aerportidan uchib keta olmagan.

Yana ikkita reysda ham xuddi shunday vaziyat kuzatilgan: “S7 Airlines” aviakompaniyasining Samara—Urganch yo‘nalishi bo‘yicha soat 04:35 da uchishi kerak bo‘lgan SBI6481 reysi hamda “Ural” aviakompaniyasining Sankt-Peterburgdan soat 03:30 da uchishi kerak bo‘lgan SVR2473 reysi amalga oshmagan.

Ayni vaqtda samolyotlar Urganchdagi ob-havo sharoitlari yaxshilangunga qadar jo‘natuvchi-aeroportlarda qolmoqda.

Kuchli tuman — ko‘rish masofasi 200 metr — shuningdek, Nukus aeroporti faoliyatini cheklab qo‘ygan. “Uzbekistan Airways”ning ikki reysi Toshkentga parvozini kutmoqda. Bundan tashqari, soat 11:30 da Nukus—Aqtau yo‘nalishi bo‘yicha uchishi kutilayotgan reys ham kechiktirilishi mumkin.


Maqola muallifi

Teglar

aeroport

Baholaganlar

178

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing