Qo‘ynidan to‘kilsa, qo‘njiga! Qodirov 20 yashar qizini yuqori lavozimga tayinladi

Olam

image

Joriy yilning 18 fevral kuni Checheniston Prezidenti Ramzan Qodirov o‘zining uchinchi qizi Xutmat Qodirovani respublika rahbari kotibyati boshlig‘i o‘rinbosari etib tayinladi. Bu haqda “Grozniy-inform” xabar berdi.

“U muhim yo‘nalishni egallaydi - reabilitatsiya markazlari ishini nazorat qilish. Bu hozirda koronavirus pandemiyasi sharoitida eng dolzarb va mas’uliyatli soha”, deydi Qodirov.

Bundan tashqari, Qodirov Valid Edilovni o‘z kotibiyatiga yangi rahbar etib tayinlagan.

Qodirovning so‘zlariga ko‘ra, Valid Edilov va Xutmat Qodirovani lavozimga tayinlashda ularning nafaqat kasbiy tajribasi, balki insoniy fazilatlariga ham e’tibor qaratgan.

Ma’lumot o‘rnida, Xutmat Qodirova 20 yoshda 2019 yilda o‘rta maktabni tamomlagan. Ochiq manbalarda uning davlat xizmatida lavozimni egallash uchun zarur bo‘lgan oliy ma’lumoti haqida hech qanday ma’lumot yo‘q.

Xutmat Qodirova Kuvayt shayxi va mashhur Mishariy al-Afasiy bilan nashidlar (musulmon qo‘shiqlari) ijrosi bilan mashhur. Yanvar oyida u Gudermes shahridagi Rossiya maxsus kuchlari universiteti qoshidagi xalqaro amaliy otish konfederatsiyasi va “RUS” sport-o‘q otish klubi musobaqalarida ayollar o‘rtasida 1-o‘rinni egallagan.

Aytish joizki, Qodirovning ikki katta qizi ham Chechenistonda yuqori lavozimlarda ishlaydi. Katta qizi Ayshat 22 yoshida Madaniyat vaziri bo‘lgan. O‘rtancha qizi Xadijat Grozniy maktabgacha ta’lim bo‘limi boshlig‘i.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

695

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing