Qo‘ynidan to‘kilsa, qo‘njiga! Chad marhum Prezidentining o‘g‘li hokimiyat tepasiga keldi

Olam

image
0:00
0:00
download

Chad Prezidenti Idriss Debi Itno vafotidan so‘ng mamlakatni uning o‘g‘li, Muvaqqat harbiy kengash boshlig‘i, korpus generali Maxamat Idriss Debi boshqaradigan bo‘ldi. Bu haqda “RIA Novosti” o‘tish davri xartiyasiga tayanib, xabar qildi.

Hujjatda ko‘rsatilishicha, Muvaqqat harbiy kengash, Muvaqqat Milliy kengash va Muvaqqat hukumat o‘tish davrining organlari etib belgilandi. Muvaqqat harbiy kengash boshida rais turadi.

“Muvaqqat xarbiy kengash boshlig‘i Respublika Prezidenti, davlat rahbari va Qurolli kuchlar Bosh qo‘mondoni vazifasini bajaradi. U o‘tish davri xartiyasiga rioya qilinishini ta’minlaydi. U adminstratsiya rahbari hisoblanadi”, deyiladi xartiyaning 37-moddasida.

Shuningdek hujjatda Chad yangi hukumati amaldagi xalqaro bitim va kelishuvlarni tan olishi belgilangan.

Eslatib o‘tamiz, kecha 20 aprel kuni Chad Prezidenti Idriss Debi Itno qo‘zg‘olonchilarga qarshi bo‘lgan jang harakatlarida olgan jarohatlari sababli vafot etdi.

Mamlakatni 1990 yildan beri boshqarib kelgan 68 yoshli davlat rahbarining o‘limidan so‘ng mamlakatda Muvaqqat xarbiy kengash tuzilib,unga Prezidentning o‘g‘li Maxamat Idriss Debi rahbar bo‘lgan edi.

Ma’lumot uchun, 11 apreldan boshlab harbiylar Liviya harbiy bazasidan Chadga hujum qilishgan. Oqibatda 300 nafar harbiy o‘ldirilgan.

Bokirxon Qosimxonov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

82

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing