Qo‘yliq metro bekati sakkiz kunga yopiladi
Jamiyat
−
09 mart 2023
4223Toshkent metropolitenining 7-bekati (Qo‘yliq) joriy yilning 11 mart kunidan 18 mart kuniga qadar sakkiz kunga yopiladi. Bu haqda “Toshkent metropoliteni” davlat unitar korxonasi Matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, metroning “Yer usti halqa yo‘li” yo‘nalishi 6- va 7-bekatlari oralig‘idagi yer ustki qismida Farg‘ona yo‘li ko‘chasidan “Qo‘yliq” dehqon bozori tomon qurilayotgan avtomobil yo‘l o‘tkazgichining qurilish ishlari yakunlanmoqda. Shu munosabat bilan metropolitenning 7-bekati (Qo‘yliq) joriy yilning 11 mart kunidan 18 mart kuniga qadar metro yo‘lovchilariga vaqtincha xizmat ko‘rsatmaydi.
“Yer usti halqa yo‘li yo‘nalishida poyezdlar harakati “Do‘stlik-2” bekati bilan 6-bekat oralig‘ida tashkil etiladi. Yo‘lovchilar uchun esa 6- va 7-bekat oralig‘ida qo‘shimcha avtobus harakati yo‘lga qo‘yiladi. Keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz”, deyiladi xabarda.
LiveBarchasi