Qo‘yliqda Nexia-1 yonib ketdi
Jamiyat
−
28 yanvar 2023
5907Toshket shahar Bektemir tumanida joylashgan Qo‘yliq bozorida Nexia-1 rusumli avtomashina qisqa tutashuv sabab yonib ketdi. Holat yuzasidan Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi ma’lumot berdi.
“Joriy yilning 28 yanvar kuni taxminan soat 14:30 larda Bektemir tumani Txay ko‘chasi “Quyliq Universal savdo majmuasi” avtoturargohi ro‘parasida harakatlanib ketayotgan 1964 yilda tug‘ilgan M.M. boshqaruvidagi Nexia-1 rusumli davlat raqam belgisi 10 Y 375 AA bo‘lgan avtomashinaning motor qismida, elektr simlarining qisqa tutashuvi natijasida yong‘in sodir bo‘lgan”, deyiladi xabarda.
Ma’lumotlarga ko‘ra, yong‘in favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xodimlari tomonidan o‘chirilgan. Ta’kidlanishicha, yong‘in natijasida tan jarohati olganlar yo‘q.
“Haydovchilardan transport vositalarining texnik holatini o‘z vaqtida ko‘rikdan o‘tkazishlarini hamda belgilangan qoidalarga rioya qilishlarini so‘rab qolamiz”, deya qo‘shimcha qilinadi IIBB xabarida.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkentda harakatlanib ketayotgan avtobus yonib ketgani haqida xabar bergan edi.
LiveBarchasi
O‘zbekiston sun’iy yo‘ldosh yasayapti.
17 yanvar