“Qo‘ylar namoiyishi”ga nima sabab bo‘ldi? IIB izoh berdi

Jamiyat

Avvalroq ijtimoiy tarmoqlarda Nurobod tumani hokimligi binosi oldida 6 ming bosh qo‘y haydab kelingani haqida video va xabarlar tarqalgani haqida xabar bergan edik. Samarqand viloyati Ichki ishlar boshqarmasi voqea yuzasidan izoh berdi.

Ma’lum qilinishicha, hodisa kecha, 6 aprel kuni soat 16:00 larda sodir bo‘lgan.

Respublika Pillachilik va qorako‘lchilikni rivojlantirish qo‘mitasi tomonidan “Samarqand qorako‘l klaster” MCHJ korxonasiga 151 ming gektar hamda  “SP LUXE” MCHJ qo‘shma korxonasiga 197 243,4 gektar yaylov yer maydonlari ajratilgan.

Klaster “SP LUXE” MCHJ va Qorako‘lcha massivida faoliyat ko‘rsatayotgan “Soxibkor Xojiakbar” fermer xo‘jaligi o‘rtasida 49 yilga 834 gektar yaylov yer maydonini ijaraga olish bo‘yicha shartnoma tuzilgan bo‘lib, unda 1450 bosh mayda shoxli molni boqish ko‘rsatilgan bo‘lsa-da, ushbu yer maydonida fermer xo‘jaligi rahbari tomonidan 4 mingdan ziyod chorva mollari boqilgani Qilichli mahallasi fuqarolarining noroziligiga sabab bo‘lgan. Shundan so‘ng klasterning 1450 bosh qo‘yi mahalliy aholi tomonidan kecha, 6 aprel kuni soat 16:00 larda tuman markaziga haydab kelingan.   

Shundan so‘ng, tuman hokimi va tuman ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i boshchiligida “SP LUXE” MCHJ qo‘shma korxonasi ish boshqaruvchisi hamda fuqarolar bilan yig‘ilish o‘tkazilib, “SP LUXE” MCHJ rahbari “Soxibkor xojiakbar” fermer xo‘jaligi o‘rtasida tuzilgan shartnomani bekor qilinishi mutassaddilar nazoratiga olingan.

Yuqoridagi kabi holatlar takrorlanmasligi maqsadida aholining chorva molllari uchun ayni vaqtlarda yuqoridagi Klaster korxonalari tomonidan mahalla fuqarolar yig‘inlariga mas’uliyati cheklangan jamiyatlar tashkil etgan holda, birinchi navbatda qishloq aholisi chorva mollari uchun ajratilishi bo‘yicha kelishib olindi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

629

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing