Quyi Chirchiqda savdo majmuasi yonib ketdi (video)

3-sahifa

image

Toshkent viloyati Quyi Chirchiq tumanida savdo majmuasi yonib ketdi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar berdi. 

Qayd etilishicha, bugun, 3 iyul kuni  soat 13:22 da Quyichirchiq tumani Do‘stobod shaharchasi Bibixonim ko‘chasida joylashgan savdo majmuasida yong‘in sodir bo‘layotganligi to‘g‘risida tuman FV bo‘limiga xabar kelib tushgan.

Shunga ko‘ra, 8 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji soat 13:26 da voqea joyiga yetib borgan. Yong‘in soat 14:19 da o‘rab olingan va soat 14:32 da o‘chirilgan.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra yong‘in natijasida savdo majmuasining taxminan 400 kvadrat metr maydoni yonib zararlangan. Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok bo‘lganlar yo‘q.

Hozirda yong‘inning kelib chiqish sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

335

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing