Quyoshda tarixdagi eng kuchli portlash yuz berdi

Bu qiziq

image

Joriy yilning 15 fevral kuni Solar Orbiter kosmik stansiyasi Quyoshda kuzatuvlar tarixidagi eng katta portlashni suratga oldi. Bu haqda FAN nashri xabar berdi.

Qayd etilishicha, portlash joriy yilning 15 fevral kuni quyosh zarralari kosmosga millionlab kilometrlarga tarqalganda sodir bo‘lgan. Portlash quyoshning Yerdan qarama-qarshi tomonida sodir bo‘lgan, aks holda sayyora energiya tizimlarining ishlashida katta buzilishlar ro‘y berishi mumkin edi.

Ta’kidlanishicha, portlash tasviri ekstremal ultrabinafsha diapazonda suratga olish uchun mo‘ljallangan FSI kamerasi tomonidan olingan. Qurilma yulduzga yaqin bo‘lganda ham to‘liq quyosh diskini kuzatish imkonini beradi.

Aytish joizki, quyosh chaqnashlari salomatligi ob-havoga qarab o‘zgaradigan odamlar uchun juda ko‘p muammolarni keltirib chiqarishi mumkin. Agar ushbu davrda jismoniy va psixo-emotsional stressning kuchayishiga yo‘l qo‘yilmasa, magnit bo‘ronlarining salomatlik uchun oqibatlarini kamaytirish mumkin.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

1406

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing