Quvib o‘tish qoidasini buzgan Nexia temir ustunga urildi (video)

3-sahifa

image

Joriy yilning 8 noyabr kuni Surxondaryo viloyatida Nexia rusumli avtomobil quvib o‘tish qoidalarini buzishi oqibatida yo‘l chetidagi temir ustunga urildi. Bu haqda Ichki ishlar Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi Matbuot xizmati xabar berdi. 

Qayd etilishicha, voqea soat 16:37 da viloyatning Denov tumani hududidan o‘tuvchi 4R-100 avtomobil yo‘lining 168-kilometrida sodir bo‘lgan. 1997 yilda tug‘ilgan haydovchi D.R. Nexia rusumli avtomobilda harakatlanayotib, quvib o‘tish qoidalarini buzgan. Buning oqibatida u 1987 yilda tug‘ilgan haydovchi F.B. boshqaruvidagi Nexia rusumli avtomobil bilan to‘qnashgan. So‘ngra u boshqaruvni yo‘qotib yo‘l chetidagi temir ustunga urilgan.

Oqibatda, yo‘l qoidasini buzgan oq rangli Nexia avtomobilida bo‘lgan yo‘lovchi G.T. tan jarohati olib shifoxonaga yotqizilgan.
 
Xabarga ko‘ra, mazkur YTH yuzasidan Denov tumani IIB YHXB xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning oktyabridan noyabriga o‘tar tunda Denovda Nexia traktorning tirkamasiga borib urilib, uning tagiga kirib ketgandi. Oqibatda mashina salonida bo‘lgan haydovchining otasi vafot etgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

161

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing