Quvasoy shahar hokimi o‘zgardi
Jamiyat
−
04 aprel 2020
11045Bugun, 4 aprel kuni Xalq deputatlari Quvasoy shahar kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Unda tashkiliy masala ko‘rildi. Bu haqda Farg‘ona viloyati hokimligi Matbuot xizmati xabar berdi.
Quvasoy shahar hokimi Adhamjon Ziyavitdinov boshqa ishga o‘tganligi munosabati bilan Farg‘ona viloyat hokimi Shuhrat G‘aniyevning qaroriga ko‘ra Ravshan Rahmonovich Rahimjonov Quvasoy shahar xokimi etib tayinlandi.
Ushbu qaror Xalq deputatlari Quvasoy shahar kengashi sessiyasi tomonidan tasdiqlandi.
Ravshan Rahimjonov bunga qadar Farg‘ona viloyati uy-joy va kommunal xizmat ko‘rsatish boshqarmasi boshlig‘i bo‘lib ishlar edi.