Qo‘shko‘pirda ayol “samosud” qilindi

Jamiyat

920__95_1860197694 — копия

Ijtimoiy tarmoqlarda Xorazmning Qo‘shko‘pir tumanida bir nechta ayol boshqa bir ayolni urib, sochlarini kesib “samosud” qilgani tasvirlangan video tarqaldi.

Videoda ayollar bir guruh ayollar boshqa bir ayolni o‘rtaga olib, urib, sochlarini kesayotgani tasvirlangan. Ahamiyatlisi, atrofda turgan yigitlar va erkaklar buni tomosha qilish bilan cheklangan. Yetmaganiga bir erkak hech kimni aralashmaslikka chaqirib turgani eshitiladi.

Ushbu videolavha Xorazm viloyati IIB mas’ul xodimlari tomonidan zudlik bilan o‘rganib chiqilgan.

O‘rganish jarayonida videolavhadagi holat 2020 yil 9 iyun kunidan 10 iyun kuniga o‘tar kechasi Qo‘shko‘pir tumanida sodir bo‘lgani va jabrlanuvchining shu kuni hudud profilaktika inspektoriga qilgan murojaati asosida IIB navbatchilik qismida belgilangan tartibda hisobga olinib, surishtiruv ishlari boshlangani aniqlangan.

Holatga aloqador barcha shaxslarning shu jumladan, uni  uyali telefoni orqali video tasvirga olib ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirgan erkakning ham shaxsiga aniqlik kiritilgan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 277-moddasi 2-qismi “b,g” bandlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

O‘tkazilgan tergov harakatlarining yakuni bo‘yicha qo‘shimcha ravishda axborot beriladi.


Maqola muallifi

Teglar

samosud

Baholaganlar

1508

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing