Quruvchi kompaniyalar yangi qurilayotgan uy-joy komplekslarida o‘z hisobidan maktab qurib beradi

Jamiyat

image

Davlat dasturi muhokamasidagi videoselektorda quruvchi kompaniyalar hisobidan qo‘shimcha maktab ham qurib berish tajribasini barcha hududlardagi yangi qurilayotgan uy-joy komplekslariga keng joriy etish bo‘yicha Prezident tomonidan hududlar rahbarlariga qo‘shimcha topshiriq berilgan. Bu haqda Xalq ta’limi vaziri Sherzod Shermatov ma’lum qildi.

Vazirning yozishicha, har bir yangi quriladigan xonadonga taxminan 1,5 o‘quvchi o‘rnini hisobini olib, davlat maktabi qurib berish kerak bo‘ladi. Shunda tijorat maqsadlarida 1000 ta kvartirali kompleks qurilsa, 1500 o‘rinli davlat maktabi ham qurib topshiriladi. 

Qayd etilishicha, o‘tgan 2020 yili Mirzo Ulug‘bek tumanidagi Temur Malik va Do‘rmon yo‘llari kesishmasidagi uy-joy komplekslariga Prezident tashrifi vaqtida yangi kompleksga maktab zarurligi sababli, quruvchi kompaniya tomonidan davlat maktabi ham qurib beriladigan bo‘lgan edi. Hozirgi kunda esa yangi 990 o‘rinli zamonaviy maktab bitkazilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

102

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing